O'yinning 2-daqiqasida markaziy himoyachilarimizdan biri Mehroj G'ulomov to'p uzatishda xatoga yo'l qo'ydi, biroq raqib sardori Asim zarba berolmadi. 6-daqiqada o'ng qanotdan Durbek Kamolov oshirgan to'pga Eldor Shomurodov eta olmadi. 7-daqiqada nepalliklarning ilk jiddiy hamlasini Azizbek Mamazoitov bir amallab to'xtatdi. 11-daqiqada vakillarimizda juda yaxshi imkoniyat bo'ldi. Suman Lama Durbekka nisbatan juda qo'pol o'ynadi va sariq oldi. Jarima zarbasini Bobur Davlatov, G'ulomning bosh zarbasi esa saaal baland.
14-daqiqada hisob ochildi. O'ng qanotda yon chiziq yonidan belgilangan jarima to'pini Najmiddin Normurodov to'g'ri darvozaga yo'lladi, darvozabon uchun kutilmagan zarba golga aylandi - 1:0.
25-daqiqada vakillarimiz navbatdagi hujumni boshlashdi. O'rinboev raqib darvozaboni bilan birga-birga chiqdi, yiqildi hakam penalti emas deb topdi.
35-daqiqada vakillarimiz ikkinchi golni urishdi. Darvozabonning qo'pol xatosidan so'ng Eldor Shomurodov to'pni egallab olib ikkinchi golni darvozaga yo'lladi - 2:0.
Keyingi daqiqada Normurodovning zarbasidan so'ng to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi! 41-daqiqada Bobur Davlatovning zarbasi darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi. 43-daqiqada Durbek Kamolovning pasidan so'ng Shomurodov boshi bilan darvozaga zarba berdi, to'p darvoza yonidan o'tib ketdi. Birinchi bo'limda hisob o'zgarmadi.
Ikkinchi bo'lim boshlandi. 47-daqiqada Bishvas Shresta o'z jarima maydoni ichida Zabihillo O'rinboevni yiqitgani uchun qizil kartochka oldi va hakam penalti belgiladi. Penaltini Bobur Davlatov aniq amalga oshirdi - 3:0. Raqiblar 10 kishi bo'lib qolishdi.
54-daqiqada Eldor Shomurodov darvzabon bilan birga bir vaziyatga chiqib borib zaraba berdi, to'p darvozabonni o'ziga bordi. 56-daqiqada Najmiddin Normurodov uzoq masofadan to'pni darvozaga aniq yo'lladi, to'pni posbon ushlab oldi.
62-daqiqada Eldor Shomurodov raqib jarima maydoniga kirib borib kuchli zarba bilan gol urib dublga erishdi - 4:0.
66-daqiqada Azimovning zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi. 71-daqiqada Eldor Shomurodov o'zining uchinchi, jamoasining beshinchi golini urdi - 5:0.
88-daqiqada Andrey Sidorovning darvozabonning ustidan tashlab qo'ygan zarbasi noaniq bo'ldi. O'yin yakunlandi, O'zbekiston yoshlari ikkita o'yindan 6 ochko to'pladi.
Keyingi o'yinni vakillarimiz 10 oktyabr kuni Hindistonga qarshi o'tkazishadi.
O'zbekiston U19 - Nepal U19 - 5:0 (2:0)
Gollar: Najmiddin Normurodov 14, - 1:0. Eldor Shomurodov 35, - 2:0. Bobur Davlatov 49 penalti, - 3:0. Eldor Shomurodov 62, - 4:0. Eldor Shomurodov 71, - 5:0.
O'ZBEKISTON U-19: 12. Sherzodbek Abduraimov, 2. Azizbek Mamazoitov, 3. Abbosjon Otaxonov, 7. Sardorbek Azimov, 10. Eldor Shomurodov (Andrey Sidorov, 72), 13. Bobur Davlatov (Javohir Sohibov, 63), 14. Mehroj G'ulomov, 16. Najmiddin Normurodov, 17. Durbek Kamolov (Maqsudjon Mahmudov, 46), 19. Zabihillo O'rinboev, 33. Dostonbek Tursunov.
Chetlatish: Bishvas Shresta 47.
4 oktyabr, juma
Hindiston - Qatar 0:2
Nepal - Turkmaniston 1:2
6 oktyabr, yakshanba
18:30. Turkmaniston - O'zbekiston 0:1
21:00. Nepal - Hindiston 0:1
8 oktyabr, seshanba
18:30. O'zbekiston - Nepal 5:0
21:00. Qatar - Turkmaniston
10 oktyabr, payshanba
21:00. Qatar - Nepal
18:30. Hindiston - O'zbekiston
12 oktyabr, shanba
18:30. Turkmaniston - Hindiston
21:00. O'zbekiston - Qatar