Yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatiga tayyorgarlik olib borayotgan vakillarimiz Toshkentda qisqa muddatli yig'in o'tkazadilar. Ushbu yig'inga “Bunyodkor”dan 10 nafar futbolchi chaqirildi. Bular: himoyachilar – Xurshid G'iyosov, Rustamjon Ashurmatov, Ergash Ismoilov, Akramjon Komilov, yarim himoyachilar – Mirjamol Qosimov, Sardorbek Azimov, Otabek Shukurov, hujumchilar – Dostonbek Hamdamov, Zabixillo O'rinboev va Eldor Shomurodov.
Eslatib o'tamiz, yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati shu yilning 30 mayidan 20 iyuniga qadar Yangi Zelandiyada o'tkaziladi.
Terma jamoaga jalb etilgan futbolchilarimiz 6 may kuni Tehronda o'tadigan "Persepolis" - "Bunyodkor" uchrashuvida ishtirok eta olishmaydi.