Yosh qizlarimiz Osiyo Chempionatini mag'lubiyat bilan boshlashdi

Aziz Tukhtamuradov
18 avg 2015, 18:21
19 yoshgacha bo'lgan O'zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo chempionatidagi ilk uchrashuvida Xitoyga qarshi maydonga tushdi.

Mazkur bahsda hamyurtlarimiz mezbonlarga 0:9 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydilar.
Eslatib o'tamiz, terma jamoamiz bilan bir guruhdan shuningdek Avstraliya va Yaponiya terma jamoalari ham o'rin olganlar. Ushbu terma jamoalar o'rtasidagi o'yinda esa 2:0 hisobida kunchiqar yurt vakilalari g'olib bo'lganlar.

Shuni ta'kidlab o'tish lozimki, yoshlarimiz endi 20 avgust kuni Yaponiya, 22 avgustda esa Avstraliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia