Yorqin Nazarov: "Yuqori pressing qo'llaganimizning sababi g'alaba qozonish va ligada qolish uchun harakat edi"

Administrator
1 noya 2023, 21:37
OKMK hamda "Turon" o'rtasidagi Superliganing 24-tur o'yinidan (0:1) so'ng mezbonlar ustozi Yorqin Nazarov bugungi bahs haqida fikr bildirdi.


- OKMK jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Bizning maqsadimiz raqibga jang taklif etish edi. Biz ushbu vazifani bajardik. Yo'lning o'zida 4-5 soat vaqtimizni sarfladik. Shunga qaramasdan yigitlar yaxshi harakat qilishdi. Birinchi bo'limda 4ta golli vaziyatlarga ega edik. Agar vaziyatlarimizdan unumli foydalanganimizda 2-3ta gol urgan bo'lar edik. Futbol shunday o'yin. Siz urmasangiz, sizni jazolashadi.

- "Turon" jamoasi ligada qolish imkoniyatlarini yana kamaytirib yubordi. Jamoa ushbu holatdan chiqib keta oladimi?

- Ligada qolish uchun hali hamon imkoniyatlarimiz bor. Oldindagi uchta o'yinda g'alaba qozonsak ligada qolishimiz mumkin. So'ngi turga qadar kurashamiz.

- O'yinning birinchi daqiqalaridanoq "Turon" yuqori pressing bilan o'ynadi. Hujumchilar Holmurodov va Azimovlar raqib himoyachilarini ancha qiynashdi. Holmurodovning zaxiraga olinishining sababi charchoq alomatlarimi yoki boshqa sabab bormi?

- U charchab qoldi. Holmurodov tezkor futbolchi. Jumanqo'ziev esa Holmurodovdan ham tezroq va shu sababdan uni maydonga tushirdim. Yuqori pressing qo'llaganimizning sababi - g'alaba qozonish va ligada qolish uchun harakat edi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia