

Bu jamoa bilan faxrlanaman, bu yigitlar yig'ilganiga bir necha hafta bo'ldi xolos. Futbolchilar g'alabani juda istashdi. Ular Konfederatsiyalar kubogiga haqli edilar.
1:0 hisobini saqlab qolish uchun kurashdik va bunga erishdik. Finalga qadar Chili chempion bo'lishi haqida ko'p gapirildi. Ammo Germaniya eng yaxshi bo'lib qoldi. Biz Jahon chempionimiz, Konfederatsiyalar kubogi sohibimiz.
Yosh yigitlarimiz g'alaba qozonishdi. Chili juda ham yaxshi jamoa. Ular ko'plab vaziyatlar yaratishdi, ammo gol ura olishmadi, – deydi Lev.




