

Bu yilgi mavsumda mazkur musobaqada “Yashnobod-Olimpik” futbol klubi tumanimiz sharafini himoya qiladi.
Ayni paytda jamoa a'zolari chempionatga tayyorgarlikni boshlab yuborishgan. O'z vaqtida “Nasaf”, “Mashal”, “So'g'diyona” jamoalarida o'ynagan Aziz Fayziev rahbarligida futbolchilar tumandagi 198-umumtalim maktabi sun'iy qoplamali maydonida mashg'ulotlar olib borishyapti.
Mashg'ulotlar har kuni soat 17.00 dan boshlab o'tkazilyapti.



