Yarmolenko va Chicharito kelasi mavsum "Vest Xem"da yangi raqam ostida to'p surishadi

Alisher
10 iyul 2019, 17:24
Angliyaning "Vest Xem" klubi hujumchilari 2019/20 yilgi mavsumdan boshqa raqamlarda to'p surishadi.

Meksikalik Xaver Ernandes kelasi mavsum "Vest Xem"da 9-raqam ostida to'p suradi. Chicharito bu raqamni yozda erkin agent sifatida ketishi aniq bo'lgan Endi Kerrolldan so'ng qabul qilib oldi. Hujumchining o'zi oldin 17-raqamda o'ynayotgan edi.

Shu o'rinda, ingliz jamoasining ukrainalik futbolchisi Andrey Yarmolenko ham o'z raqamini o'zgartirdi. Dortmundning "Borussiya" klubi sobiq o'yinchisi bundan buyon 7-raqamda harakat qiladi. Bu raqamning oldingi egasi "Shanxay SIPG"ga yo'l olgan Marko Arnautovich edi.

"Vest Xem" yakunlangan mavsum Angliya chempionatini 10-o'rinda yakunladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/westhamutd