Yarmolenko uzoq muddatga safdan chiqdi

22 okt 2018, 00:49
“Vest Xem” yarim himoyachisi Andrey Yarmolenko ushbu haftada operaciya qilinishi kutilmoqda.

“Shanba kuni “Tottenhem”ga qarshi to'qnashuvda ukrainalik vinger oyog'ining to'piq qismidan jiddiy shikastlandi va davolanishi uchun 6 oy vaqt kerak bo'ladi”, -  deb xabar berdi Daily Mirror nashri. 

28 yoshli vinger yozda Dortmundning “Borussiya” klubidan 22 million funt sterling evaziga jamoaga olib kelingan edi. Yarmolenko shu paytgacha “bolg'achilar” safida 9 marotaba maydonga tushgan (2 gol).

O'xshash yangiliklar


Manba: Daily Mirror