Yaqin ikki sutka ichida Fergyusonning holatiga baho beriladi

Aslanov Jasurbek
7 may 2018, 19:37
"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson Manchestyerdagi shifoxonada barqaror holatda bo'lib turibdi.

5 may kuni shotlandiyalik mutaxassis miyasiga qon quyilishidan so'ng muvaffaqiyatli operaciya qilingan edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, yaqin 48 soat ichida qon quyilishining ta’sirlariga baho beriladi va Fergyusonning sog'ayishi borasida shifokorlar aniqlik kiritishadi. Bir oy ichida esa qon quyilishining natijalari xabar qilinadi.

Fergyuson 1986-2013 yillarda "Manchester Yunayted"ni boshqargan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail