Yaponiya terma jamoasi yangi formalarini taqdim etdi (foto)

Aslanov Jasurbek
30 noya 2015, 11:10
"Adidas" Yevropa terma jamoalarining yangi formalarini taqdim etganidan so'ng, Yaponiya milliy jamoasining yangi dizayndagi formasini e'lon qildi.

Uy uchrashuvlaridagi forma to'plami


Formaja odatga ko'ra ko'k rangga katta e'tibor berilgan, chunki ushbu jamoani "ko'k samuraylar" deb atashadi. Bu safar forma qora rangda bo'ladi, futbolkaning markazidan qizil rang o'tgan, bu osmon va okeanni nozik shafaq ajratib turishini anglatadi.


Ko'pchilik Yaponiya terma jamoasi belgisida qanday qush aks ettirilganini bilsa kerak, bu afsonaviy uch panjali Yatagarasu qarg'asi.



Yoqaning ichki qismida qush patining surati bor.




Mehmondagi forma to'plami


Ikkinchi to'plam deyarli oq rangda, ammo futbolka ko'k brilliantga o'xshash chiziqlar mavjud. Bu dizaynerlik ishi maydonda bir bo'lib harakat qiladigan 11 iqtidor ramzini bildiradi.



Yoqaning ichki qismiga Yatagarasuning yana bir surati tushirilgan.



O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru