Yaponiya. Doston Tursunov jamoasi yirik g'alabaga erishdi

Narzulla Saydullayev
10 mar 2019, 14:06
Bugun Yaponiya birinchi divizionida 3-tur o'yinlari yakuniga etdi.

Hamyurtimiz Doston Tursunov o'ynayotgan "Renofa Yamaguchi" klubi safarda "JEF Yunayted" mehmoni bo'lib 5:2 hisobida g'alaba qozondi. Bu "Renofa"ning mavsumdagi ilk g'alabasi bo'ldi. Klub 3ta o'yindan so'ng 3 ochko to'plab musobaqa jadvalining 12-pog'onasida bormoqda. Chempionatda jami 22ta klub ishtirok etadi.

"Renofa" keyingi ahsni 17 mart kuni safarda "Exime"ga qarshi o'tkazadi.


Yaponiya. J2 ligasi. 3-tur
"JEF Yunayted" - "Renofa Yamaguchi" 2:5
Gollar:
Kleber 50, Funuyama 71 - Avtogol 6, Yamashita 48, Tanaka 64, Takai 82, 84.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia