Yanuzay Kosovo terma jamoasi safida o'ynashdan bosh tortdi

Narzulla Saydullayev
20 fev 2014, 14:57
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Adnan Yanuzay beshinchi mart kuni o'zining debyut o'yinida Gaitiga qarshi maydonga chiquvchi Kosovo terma jamoasi safida o'nashdan bosh tortdi.
"Ayni vaqtda Adnan hech qaysi terma jamoa bilan muzokaralar olib bormayapti. Hozir u klubdagi faoliyatiga butun e'tiborini qaratgan. Uning o'zi ham, atrofidagi insonlar ham shunga qaror qilishgan.

Qaysi termani tanlash haqidagi savolni hali o'ylab ko'rmayapmiz. Adnan bunga hali tayyormas", – dedi futbolchining agenti Dirk de Vrise



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru