Yangilangan "Santyago Bernabeu"da ilk o'yin Nadal va Federer o'rtasida o'tkazilishi mumkin

Alisher
16 mar 2021, 07:02
Madridning "Real" klubi koronavirus pandemiyasi davrida "Santyago Bernabeu"ni faol tarzda rekonstrukciya qilmoqda.

Yangilangan stadiondagi ilk o'yin Rafael Nadal va Rojer Federer o'rtasida o'tkazilishi mumkinligi istisno etilmayapti.

2012 yilda u yerda Rafael Nadal va Novak Jokovich o'rtasida o'yin bo'lib o'tishi kerak edi, ammo ispaniyalikning jarohati sabab, rekord darajada muxlis yig'adigan tennis o'yini bo'lib o'tmagan edi.

Nadal "Real" prezidenti Florentino Peres bilan do'st, u ilgari "Santyago Bernabeu"ga tennischilarni taklif etgan. Agar Federer o'yinni o'tkaza olmasa, uning o'rniga Jokovich varianti ko'riladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca