“Real” yangilangan uy stadionida Federer hamda Nadal o'rtasida uchrashuv tashkillashtirmoqchi

Eldor Akmurzayev
18 sen 2022
Taniqli tennis yulduzi Rojer Federer faoliyatini yakunlashini e'lon qilgandi.

“Real” rahbariyati Federer hamda Rafael Nadal o'rtasidagi o'yinni yangilangan “Santyago Bernabeu” stadionida tashkil etmoqchi.

"As" manbasiga ko'ra, Madrid klubi 2023 yil yozida o'yingohda ta'mirlash ishlari yakunlangach, afsonaviy raketka ustalari o'rtasida ko'rgazmali o'yin o'tkazishni rejalashtirgan. Yangicha ko'rinishdagi stadion “Real”ga barcha turdagi tadbirlarni o'tkazishga imkon beradi.

Nadal madridliklar muxlisi hisoblanadi. Federer esa “Bazel”ga ishqibozlik qiladi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: As