Eng ko'p maosh to'lanadigan sportchi aniq, u Ronaldu va Messi emas

Mirjalol Normatov
29 may 2020
"Katta shlem" turnirining 20 karra g'olibi Rojer Federer dunyoning eng ko'p maosh to'lanadigan sportchiga aylandi.

2019 yilning iyunidan 2020 yilning 1 iyuniga qadar shveytsariyalik 106,3 mln evro ishladi, shulardan 6,3 millioni turnir sovrinlari bo'lsa, 100 millioni homiylik mablag'lari hisoblanadi. Qayd etish kerak, tarixda ilk bor ushbu ro'yxatda tennischi birinchi bo'ldi.

Shuningdek, kuchli o'nlikka ushbu sportchilar kirdi:

2. Krishtianu Ronaldu, futbol – $105 mln (maosh – $60 mln, homiylik mablag'i – $45 mln)

3. Lionel Messi, futbol – $104 mln ($72 mln va $32 mln)

4. Neymar, futbol – $95,5 mln ($70,5 mln va $25 mln)

5. Lebron Jeyms, basketbol – $88,2 mln ($28,2 mln va $60 mln)

6. Stefen Karri, basketbol – $74,4 mln ($30,4 mln va $44 mln)

7. Kevin Dyurent, basketbol – $63,9 mln ($28,9 mln va $35 mln)

8. Tayger Vuds, golf – $62,3 mln ($2,3 mln va $60 mln)

9. Kirk Kazins, amerikacha futbol – $60,5 mln ($58 mln va $2,5 mln)

10. Karson Venc, amerikacha futbol – $59,1 mln ($55,1 mln va $4 mln)


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal