Yangi shayxlar. "Nyukasl" Grizmann bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
2 may 2020, 14:57
Saudiyalik milliarderlar transfer bozorini hayajonga solishmoqchi.

"Nyukasl" "Barselona" forvardi Antuan Grizmanni nishonga oldi. Klubning yangi xo'jayinlari yozda futbolchi bilan shartnoma imzolashga urinib ko'rishadi.

"Nyukasl" fransiyalik to'purar uchun 120 million evro to'lashga tayyor. "Barselona" aynan shuncha pul evaziga 2019 yilda Grizmanni "Atletiko"dan xarid qilgan edi.

"Ko'k-anorranglilar" Antuanning sotuvini ko'rib chiqishlari mumkin, sababi klub iyun oyi oxiriga qadar o'ziga kerakli pulni topishi kerak.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: mundodeportivo.com