Yaman - O'zbekiston uchrashuvini ummonlik hakamlar boshqaradi

Narzulla Saydullayev
5 noya 2015, 10:48
Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi Yaman - O'zbekiston uchrashuvini ummonlik hakamlar boshqarib boradigan bo'ldi.

17 nobyar kuni Qatarning Doha shahridagi "Grand Hamad Stadium"da bo'lib o'tadigan ushbu o'yinga bosh hakam sifatida Abdulloh Muhammad Al-Hiloliy tayinlangan. Unga qanotlarda Hamid Sulaymon Al-Mayahiy hamda Rashid Hamid Al-Gaitiy yordam berishadi.

Uchrashuv nazoratchisi - Masud Inoyat (Eron). Komissar - Cheng Yong Liang (Xitoy).

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com