Yakun yaqin: A Seriya 37-tur prevyusi

Omonjon To`xtamirzayev
14 may 2022, 12:52
Bugun Italiya chempionatining navbatdagi tur uchrashuvlariga start beriladi.

"Roma" - "Veneciya"

"Jalorossi" o'yinga yaxshi formada yetib keldi. Hali tiklanishda davom etayotgan Genrix Mxitaryandan tashqari, Joze Mourinyoning ixtiyorida to'liq tarkib bor. "Bo'rilar"dan "syurprizlar" kutishga hojat yo'q. "Veneciya" A Seriyadagi oxirgi o'yinlarini xolisona o'tkazmoqda. Jamoa elitadan tushib ketishi aniq bo'lib ulgurdi. Shu sababli, mavsum davomida kamroq o'ynagan futbolchilarga imkon berilishi mumkin.

O'tgan o'zaro bahsda "Veneciya" uyda 3:2 hisobida g'alaba qozongan. Bu safar esa "Roma"ning kayfiyati boshqacharoq bo'lishi tabiiy. Jamoa nafaqat evrokubokda ishtirok etish uchun kurashmoqda, balki "Veneciya"ni mag'lub etish uchun ham bor kuchi bilan harakat qiladi. Mehmonlar ikkinchi marta hayron qoldirishi qiyinroq bo'lsa kerak.


"Napoli" - "Jenoa"

"Napoli"ning holati yaxshi, yetakchilar safda va yorqin o'yin namoyish etish uchun tayyor turishibdi. "Jenoa" esa A Seriyada qolish uchun bor kuchi bilan kurashishiga to'g'ri keladi. Jamoada o'tgan haftaga nisbatan yo'qotishlar kamroq. Shunday ekan, murabbiyning tanlov imkoniyati kengroq bo'ladi.

Birinchi davra uchrashuvida "Napoli" Genuyadan g'alaba bilan qaytgan (2:1). Bu gal ham favorit hisoblanmoqda. Lekin "Jenoa" ham shunchaki qarab turmaydi.


"Milan" - "Atalanta"

Stefano Pioli shogirdlari muhim bahsga to'liq tayyor. Hamma futbolchilar safda, murabbiy esa raqibini hayron qoldirish imkoniyatiga ega. Biroq albatta, katta o'zgarishlar kutishga hojat yo'q, hujumda Leao va Jiru o'ynaydi. "Atalanta"da Duvan Sapata uchrashuvni o'tkazib yuboradi. Shuningdek, Toloi maydonga tushishi so'roq ostida turibdi. Asosiy tarkibda Murielning ortida o'tgan bahsda ajoyib o'yin ko'rsatgan Pashalich harakatlanishi mumkin. Malinovskiy esa unga yordam beradi.

O'tgan safar "Milan" Bergamodan 3:2 hisobidagi oson bo'lmagan g'alaba bilan qaytgan. Tabiiyki, ushbu uchrashuvda ham favorit. Axir shunchaki turnir jadvalining yetakchisi bo'lib turgani yo'q-ku?! Ammo bergamoliklarga ham past baho berish to'g'ri emas, qolaversa, bu o'yin ular uchun juda muhim. Bahs keskin kurashlarga boy bo'lishi kutilmoqda.


"Kalyari" - "Inter"

Sardiniya klubi xavfli zonada turibdi, shu sababli, ehtiyotkor bo'lishi lozim. Quvonarlisi, faqat Raduvanovich diskvalifikaciya qilinganini aytmaganda, tarkibda sezilarli yo'qotishlar yo'q. Nandes va Rog hali to'liq tiklanib ulgurmagani uchun maydonga tushishi so'roq ostida turibdi. "Inter" haqida aytadigan bo'lsak, Sardiniyaga Matias Vesinodan tashqari, kuchli takrib uchib bormoqda. Simone Indzagi kubokdagi g'alabadan so'ng, tarkibga o'zgartirish kiritadimi yo'qmi, bu juda qiziq. Lekin yetakchilardan birortasi o'yinni zaxira o'rindig'ida boshlash ehtimoli ham yo'q emas.

"Inter" 1-davra bahsida raqibini 4:0 hisobida mag'lub etgan. Biroq o'shanda o'yin boshqacharoq bo'lgani va bu safargisiga o'xshamasligini tan olish lozim. Umuman olganda, bukmekerlar "Kalyari"ga ishonishmayapti, ammo jamoa elitada qolish uchun astoydil harakat qilishini unutmaslik darkor.


"Yuventus" - "Lacio"

"Keksa sinora" safida oxirgi paytlar muammolari bo'lgan Vlaxovich ham, Kuadrado ham maydonga tushishi mumkin. Ammo Lokatelli va Makkeni hamon jamoasiga yordam berolmaydi. Hujumda Dibala, Morata va Vlaxovich uchligini ko'rishimiz ehtimoldan holi emas. "Burgutlar"da ham yo'qotishlar deyarli yo'q. Sergey Milinkovich-Savich va Luis Alberto tiklanib ulgurishi kutilyotgan bo'lsa-da, Marushich maydonga tushishi so'roq ostida qolmoqda.

Avvalgi o'zaro o'yinda "Yuve" mehmonda g'alabaga erishgan (2:0). Jamoa bu gal ham favorit, lekin Yevropa Ligasi yo'llanmasi uchun astoydil kurashayotgan "Lacio"da bahsga bo'lgan ishtiyoq balandroq. Uchrashuv qiziqarli bo'lishi tayin, chunki turinliklar ketma-ket ikki mag'lubiyatdan so'ng, nimalarga qodir ekanini ko'rsatib qo'yishi lozim.


Sergey Rumyancev

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Championat.asia