"Yakshanba kuni qirol o'ynaydi". Ronaldu MYUda qolganiga ishora qildi

Administrator
30 iyul 2022, 00:20
Futbolchi o'zini qirol deya atab, MYU safida maydonga tushishini ma'lum qildi.

Krishtianu Ronaldu instagram orqali muxlislarning "Manchester Yunayted" "Rayo Valekano" o'rtasidagi o'yin haqidagi post ostiga izoh qoldirdi.

Portugaliyalik futbolchi muxlislarning "Atletiko" va "Rayo Valekano"ga qarshi o'yinda Ronalduning o'ynamasligi haqidagi postiga kirib, "Yakshanba kuni qirol o'ynaydi", -deya izoh yozdi va "Rayo"ga qarshi o'yinda MYU tarkibida maydonga tushishiga ishora qildi.

Ma'lumot uchun, "Manchester Yunayted" yakshanba kuni "Rayo Valekano"ga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi. Demak, katta ehtimol bilan yakshanba kuni Ronaldu MYU safida maydonga qaytadi. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: https://www.instagram.com/cr7.o_lendario