Xushnudbek Avilov: "Bir marotaba qilgan bu xatoimni boshqa takrorlashni istamayman"

Iskandarov Abdulaziz
3 yanv 2022, 11:32
O'tgan mavsum "Navbahor" jamoasida o'yin amaliyotiga ega bo'lmagan himoyachi Xushnudbek Avilov klub bilan xayrlashdi.

Xo'sh, nima sababdan bunday holat yuz berdi? Endilikda faoliyatini qayerda davom ettiradi? Futbolchi bu borada fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Mavsum davomida kam uchrashuvda maydonga tushganingiz nima bilan bog'liq?

- Xa, to'g'ri aytdingiz. "Navbahor"da ko'p ham to'p tepmadim. Lekin menga boshqacha gap aytishgandi. Markaziy himoyada o'ynaysan, deb shartnoma tuzishgandi. Lekin buning aksi bo'ldi. Maydonga deyarli tushganim yo'q.

- Davralar oralig'ida "Andijon"ga qaytmoqchi bo'lgan edingiz...

- Buni o'zim istadim. "Andijon"ga yordam berishni maqsad qilgan edim. Nega desanngiz, ko'pchilik muxlislar mendan norozi bo'lib qolgandi. Shuning uchun ham Andijonga qaytaman, deb turgandim. 

- Hozirda bu jamoa Pro ligaga tushib ketdi. Takliflarning qaysi ligadan ekanligi ham qiziqtiradimi? 

- Hozir Pro liga ham Superligadan qolishayotgani yo'q. Buni ko'rib chiqamiz. Bir marotaba qilgan xatoimni yana takrorlashni xohlamayman. 

- Zaxirada o'tirib ham pulingizni olib o'tirsangiz bo'lardi. Lekin o'yin amaliyotini ustun qo'ymoqdasiz to'g'rimi?

- To'g'risini aytaman. Qancha pul olmang maydonga tushmasangiz yoqmaydi. Buni bir yil davomida bildim.

- "Navbahor" bilan do'stona xayrlashdingizmi? Odatda qishda futbolchi va klub o'rtasida maosh, shartnomalar bilan bog'liq muammolar ko'payadi...

- Yo'q, hali pul masalasida rozi qilishmadi. Klubni qarzi bor. 

- O'tgan oyda xorijdan taklif ham kelib tushgandi. Hozirda jarayon qanday ketmoqda?

- Hozirda o'zimizdan jamoalar chiqyapti. 1-2ta davlatlardan taklif bo'lgandi. "Navbahor" qo'yib yubormadi. 

Abdulaziz  Iskandarov

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia