Xulen Lopetegi: "Inter" CHL jamoasi, u yerda top futbolchilar o'ynaydi"

Alisher
21 avg 2020, 13:50
"Sevilya" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Yevropa Ligasi finali doirasidagi "Inter"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

"Inter"da Chempionlar Ligasida kurash olib boradigan jamoa yig'ilgan. Bundan tashqari, bu klubda top darajadagi jamoalarda ishlagan tajribali murabbiy bor. Eng yaxshi sifatlarimizni ko'rsatadigan yuqori darajadagi o'yinni kutyapman.

Bizda yangi o'yinchilar va murabbiyga ega yangi jamoa bor. Albatta, biz oldin ham bu bosqichga chiqqanmiz va bu bizga yordam beradi. Ammo, men bu narsa farqni yuzaga keltiradi deya olmayman", - deydi Lopetegi.

Yevropa Ligasi finali doirasidagi "Sevilya" - "Inter" o'yini bugun bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uefa.com