Xuan Mata: Meni mavsum oldi yig'in kutib turibdi va bu juda yaxshi

22 iyul 2014, 00:02
Manchester Yunayted jamoasi futbolchisi Xuan Mata mavsum oldi mashg'ulotlarga to'liq ishtirok eta olishidan xursandligini bildirdi.

So'nggi 6-7 yildan buyon Ispaniya terma jamoasi bilan qandaydir musobaqada qatnashardim va klubim bilan mavsum oldi yig'inga to'liq ishtirok eta olmasdim. Bu yili esa men "Manchester Yunayted" bilan ilk to'liq yig'inni o'tkazmoqdaman. Bu juda yaxshi. "Manchester Yunayted" mashg'ulotlaridan zavq olmoqdaman. Bu yerda hammasi a'lo darajada.


Manba: sports.ru