Xonda yanvar oyida Milanni tark etishi mumkin

Narzulla Saydullayev
11 dek 2015, 09:55
Milan yarim himoyachisi Keysuke Xonda qishki transfer oynasi vaqtida klubni tark etishi mumkin.

Rossonerlar ustozi Sinisha Mixaylovich jamoa o'yin uslubini 4-4-2ga o'zgartirganidan so'ng yaponiyalik futbolchi tarkibga kira olmay qoldi.

Aynan shu bois Xonda yanvar oyida Milanni tark etishi mumkin, deb xabar bermoqda Corriere della Sera nashri.

Bu mavsumda yarim himoyachi Italiya chempionatida 11ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football-italia.net