Xoland terma jamoada ham sermahsullik ko'rsatmoqda

Eldor Akmurzayev
6 iyun 2022, 09:45
Millatlar Ligasi 2-turida Norvegiya TJ Erling Xolandning dubli evaziga safarda Shvetsiyadan ustun (2:1) keldi.

Xoland terma libosida qatorasiga 7 o'yindan (11 gol) beri gol urmoqda. Umuman 21 yoshli hujumchi norvegiyaliklar safida 19 uchrashuvida maydonga tushdi va 19-bora raqib darvozasini ishg'ol etdi.

U Norvegiya TJ tarkibida 2019 yil debyut qilgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia