Xoland terma jamoa o'yinlarini o'tkazib yuboradi

Aslanov Jasurbek
4 okt 2021, 19:27
Erling Xoland jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Turkiya va Chernogoriyaga qarshi o'yinda Norvegiyaga yordam bermaydi. Bu haqda iqtidorli forvard o'zining tvittyerdagi sahifasida xabar berdi.

"Afsuski, terma jamoada o'ynashga tayyor emasman. Agar maydonga tushsam, bundan xursand bo'lardim. Qanday natija qayd etmasin, Norvegiya terma jamoasiga omad tilayman", - deb yozadi Xoland.

Eslatib o'tamiz, Erling "Borussiya Dortmund"ning uchta o'yinini mushaklaridagi muammo tufayli o'tkazib yuborgandi. Xolandsiz "asalarilar" ikkita g'alaba va bitta mag'lubiyat qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/ErlingHaaland