Xoland "Oltin to'p-2025"ni kim yutishini taxmin qildi

Alisher
4 may 2020, 16:55
Dortmundning "Borussiya" jamoasi hujumchisi Erling Xoland 2025 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra "Oltin to'p"ni kim yutishini taxmin qildi.

19 yoshli norvegiyalik hozirda 32 yosh bo'lgan Lionel Messining o'sha yili ham tengi bo'lmasligini taxmin qildi va uni 2025 yilda "Oltin to'p"ni olishini bashorat qildi.

Argentinalik o'tgan yili faoliyatidagi oltinchi "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan edi.

Xoland shuningdek Messi va Ronaldudan birini tanlay olmadi.

"Messi yoki Ronaldu? Eh, men bu savolga javob bera olmayman", - deydi Xoland.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN