Xoland “Man Siti”da Jezusning raqamini oldi

Eldor Akmurzayev
10 iyul 2022, 09:40
Erling Xoland “Manchester Siti”da 9-raqam ostida harakat qiladi.

Avvalroq, ushbu raqamda Gabriel Jezus o'ynagandi va u faoliyatini “Arsenal”da davom ettiradigan bo'ldi.

“Shaharliklar” Xolandning raqami tushirilgan futbolkalarni sotuvga chiqarganini e'lon qildi.

“Siti” norvegiyalikni “Borussiya D”dan 75 mln evroga xarid qildi va 2027 yilga qadar shartnoma imzoladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: mancity.com