Xoland, Keyn, Lautaro va Andre Silva - "Man Siti"ning forvard poziciyasi uchun short-listida

Alisher
14 may 2021, 13:33
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola yangi hujumchini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Serxio Agueroning ketishi sabab "shaharliklar"ning bosh maqsadi hujum chizig'ini kuchaytirishdir.

"Man Siti" short-listida Erling Xoland ("Borussiya", Dortmund), Xarri Keyn ("Tottenxem", Lautaro Martines ("Inter") va Andre Silva ("Ayntraxt") bor.

Manchester klubi rahbariyati Gvardiolani qo'llab-quvvatlamoqda va uning yangi forvard borasidagi so'rovini qondirishga tayyor.

20 yoshli Xoland joriy mavsum Germaniya chempionatida 25ta, 27 yoshli Keyn APLda 21ta, 23 yoshli Martines A Seriyada 16ta, 25 yoshli Silva esa Bundesligada 25ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Times