

"Uni juda ko'pchilik maqtayapti, ammo Vardi shunga munosib. Jeymi o'zini jamoaviy o'yinchi sifatida ham ko'rsata oldi. Hal qiluvchi gollardanda muhimroq foyda bo'lishi mumkin emas, lekin u ko'p harakatlanyapti, to'p olishda qatnashmoqda, "Lester" g'alaba qozonishi uchun deyarli barcha ishni uddalayapti.
Evroga jamoa tarkibini tuzgunimcha u har uchrashuvda gol ura olmasligi mumkin, ammo u biz hozir bilgan Jeymi Vardi bo'lishda davom etadi. Vardi - Angliya terma jamoasining asosiy tarkibidan joy olishi mumkin bo'lgan kuchli da'vogar" - deydi Xojson.



