Xitoy. Krimec Jekson Martinezni to'xtatdi, biroq...

Narzulla Saydullayev
10 apr 2016, 18:32
Xitoy Superligasida 4-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Egor Krimec to'p tepayotgan "Beyjing Goan" klubi o'z uyida amaldagi mamlakat chempioni "Guanchjou Evergrand"ni qabul qilib 0:3 hisobida yutqazib qo'ydi. Krimec uchrashuvda to'liq o'ynadi va raqib hujumchisi Jekson Martinezga gol urish imkonini bermadi. Biroq boshqa bir hujumchi Rikardo Goulart ikkita to'p kiritdi. Egor 30-daqiqada sariq kartochka oldi.

"Beyjing" 1 ochko bilan 15-o'rinda bormoqda. Klub keyingi o'yinni 17 aprel kuni safarda "Xandjou Luchen"ga qarshi o'tkazadi.

"Beyjing Goan" - "Guanchjou Evergrand" 0:3
Gollar:
Gao Lin 26, Rikardo Goulart 44, 81


Yana bir o'zbekistonlik himoyachi Anzur Ismoilov faoliyat olib borayotgan "Chanchun Yatai" klubi bugun o'z uyida "Xebey"ga yutqazib qo'ydi - 0:1. Mehmonlar safida Stefan Mbia, Jervino va Ezikel Lavessi kabi yulduzlar to'p tepishdi. "Chanchun Yatai" 1 ochko bilan musobaqa jadvalining eng so'nggi 16-pog'onasida bormoqda.

"Chanchun Yatai" - "Xebey" 0:1
Gol:
Luo Senven 59



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia