Xitoy - O'zbekiston. Terma jamoamiz 17:10da yo'lga chiqadi

Narzulla Saydullayev
14 yanv 2015, 11:18
Osiyo Kubogi-2015 ikkinchi turi doirasidagi Xitoy - O'zbekiston uchrashuvi mahalliy vaqt bilan soat 19:00da boshlanadi (Toshkentda 14:00).
O'FF matbuot xizmati vakili Baxtiyor Mametovning saytimizga xabar qilishicha O'zbekiston milliy terma jamoasi 17:10da (Toshkentda 12:10) "Brisben" stadioniga qarab yo'lga chiqadi. "Sofitel" mehmonxonasidan stadiongacha avtobusda 15 daqiqalik yo'l.

Mametovning aytishicha terma jamoadagi muhit doimgidek a'lo darajada. Futbolchilarning barchasi Xitoy bilan o'yinga tayyor, jarohat olganlar yo'q.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia