Xitoy o'z tarixida birinchi marta guruhda yuz foizlik natija qayd etdi

Tolibjon Qosimov
18 yanv 2015, 17:05
Osiyo Kubogi - 2015ning "A" va "B" guruhlarida guruh bahslariga yakun yasaldi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan bitta guruhda kurash olib borgan Xitoy terma jamoasi uchta turda ham g'alaba qozondi va birinchi o'rinni egalladi. Shu tariqa, Xitoy terma jamoasi o'z tarixida birinchi bor Osiyo Kubogi guruh bahslarini yuz foizlik ko'rsatkich bilan yakunlashdi.

Eslatib o'tamiz, Xitoy terma jamoasi OK-2015 chorak finalida Xitoy mezbonlar Avstraliya terma jamoasiga qarshi kurash olib boradi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia