Xitoy. "Chanchun Yatai"da mag'lubiyat, Anzur Ismoilovda 90 daqiqa

Narzulla Saydullayev
17 avg 2014, 20:05
Xitoy Superligasida 21-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Xitoy superligasi

Hamyurtimiz Anzur Ismoilov faoliyat olib borayotgan "Chanchun Yatai" klubi o'z uyida "Shanxay Ist Eyshia"ga qarshi o'ynadi. Bahsda 1:2 hisobi qayd etildi. Uchrashuvda Ismoilov doimgidek to'liq o'ynadi. Klub 24 ochko bilan musobaqa jadvalining 10-pog'onasidan o'rin olgan. "Chanchun Yatai" endi 24 avgustda "Changsha Ginde"ga qarshi o'ynaydi.

"Chanchun Yatai" - "Shanxay Ist Eyshia" 1:2
Gollar:
Enino 29 penalti - Xyusen 15, Vu Ley 78

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia