Xerardo Martino: “Messi terma jamoaga ham, klubga ham birdek kerak”

13 sen 2013, 17:01
“Barselona” klubi bosh murabbiyi Xerardo Martino, hujumchi Lionel Messining Argentina terma jamoasiga ham, klubga ham qanchalik kerakligi borasida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.

“Messi termaga ham, “Barselona” klubiga ham birdek zarur. Bu jamoalarning o'yin taqdirida ushbu futbolchining o'rni juda katta.

Undan tashqari bizda Neymar, Pedro va Sancheslar ham bor. Bu futbolchilarning bari yuqori darajadagi o'yinchilar.

Shu bilan birgalikda men Puyolning safga qaytganligidan ham xursandman. Bu bizning himoya chizig'imiz to'liq o'rnida ekanligini bildiradi”, - deydi Martino.


Manba: sports.ru