Xerardo Martino may oyida Malagada ish boshlashi mumkin edi

Narzulla Saydullayev
17 noya 2013, 12:07
Malaga bosh direktori Visente Kasado may oyida Barselonaning hozirgi ustozi Xerardo Martino klubda ish boshlashi mumkin bo'lgani haqida aytib berdi.
Kasadoning so'zlariga ko'ra, Malaga may oyida Martino bilan muzokara o'tkazgan, ammo Nyuells Old Boyz Libertadores kubogi yarim finaliga yo'l olgan. Shu tariqa muzokaralar yakunlanmay qolgan.

Argentinalik murabbiy 22 iyul kuni Barselona bosh murabbiyi etib tayinlangandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru