

- Birinchi uchrashuvdagi ko'rsatgan va erishgan natijamiz orqali bizni hurmat qilishlari kerakligini tushuntira oldik. Javob bahsidan so'ng yanada ko'proq hurmatga sazovor bo'lishimiz mumkin. Hammasi o'zimizga bog'liq. Ertaga o'zimiz o'ynaydigan futbol namoyishni etishni rejalashtirganmiz. "Santyago Bernabeu"da qancha muxlislar tushishini bizga qizig'i yo'q. Ertangi kun bizga bag'ishlansa, unda jamoamiz YCHLdagi yurishini davom ettiradi. Oldimizda turgan vazifani bajarishni juda istayapmiz. O'yinni esa intizorlik bilan kutmoqdamiz. Bilamiz, klub tarixidan o'rin olish o'z qo'limizda va buni tushunib turibmiz.



