Xedira: "APLda o'ynash - tort ustidagi bezakka o'xshaydi"

Mirjalol Normatov
31 dek 2020, 22:40
"Yuventu" xavbeki Sami Xedira "Everton" qiziqishlari doirasiga tushib qolgandi.

O'z navbatida futbolchi APLda harakat qilish ishtiyoqi yuqori ekanligini aytdi.

"Ko'plab chempionatlarda o'ynaganman, biroq APL bundan mustasno. U yerda o'ynash tort ustidagi bezakka o'xshaydi. Angliyada tanaffus kam, qarshi hujumlar va pressing - asosiy qurol. Men ham shuni istayman. Fitnesdan qo'shimcha mashg'ulotlar bo'ladi, xuddi uzoq yillardan buyon APLda o'ynashga tayyorlanib kelayotgandekman.

Faoliyatimni hali ancha vaqt davom ettiraman. Xo'sh, nima uchun APLda o'ynamasligim kerak", - dedi Xedira.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic