
"Messi - buyuk futbolchi. U juda kuchli harakterga ega va shuning uchun ham barcha qiyinchiliklarni enggib o'tishiga mutlaqo shubha qilmayman. Leo so'nggi besh yil davomida deyarli tanaffussiz o'ynadi. Endi esa shunday vaqt keldiki, uning organizmi: "Etar endi" deyapti. Eng muhimi - maydonga qaytishga shoshmay, to'laqonli tiklanib olish. Yanvarda u maydonga qaytadi va eng zo'r kim ekanini yana barchaga ko'rsatib qo'yadi", deya Xavi so'zlaridan El Mundo Deportivo iqtibos keltirmoqda.