Xavi: "Ter Shtegen ayni damda dunyoning eng yaxshi darvozaboni"

Mirjalol Normatov
25 apr 2023, 22:13
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi jamoa darvozaboni Mark-Andre ter Shtegenni maqtadi.

30 yoshli posbon ushbu mavsum LaLiganing 30 o'yinida maydonga tushib, 24 marta darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. U ushbu o'yinlar davomida faqatgina 9 marta gol o'tkazib yubordi.

"Ter Shtegenni yaxshi bilaman, chunki u bilan birga o'ynaganman. U uslubchan inson. Ayni damda u dunyoning eng zo'r darvozaboni. Ter Shtegen o'z uslubi bilan jamoa o'yinini yanada kuchliroq qilmoqda", - dedi "Barselona" ustozi.

Germaniyalik kiper 2015 yildan buyon "Barselona" tarkibida o'ynamoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal