Xavi: "Rabo "Barselona"ni kuchaytirishi mumkin. Arturda "Barselona" DNKsi bor"

Aslanov Jasurbek
21 iyul 2018, 17:45
"Barselona" sobiq xavbeki Xavi PSJ yarim himoyachisi Adrien Raboning Kataloniya klubiga o'tishi mumkinligi va "Gremio"dan kelgan Artur Ramos transferi haqida fikr bildirdi.

"Rabo - ajoyib texnikaga ega futbolchi. U "Barsa"da markaziy yarim himoyachi rolini bajarib, klub muvaffaqiyatiga katta hissa qo'shishi mumkin, ammo bu hozircha taxmin.

Mendan Grizmann transferi haqida ko'p so'rashdi, u "Atletiko"da qoldi. Ammo agar Rabo kelsa, jamoani kuchaytirishi mumkin.

Artur haqida to'xtaladigan bo'lsam, uning bazi videolarini ko'rdim. U "Barselona"ga tez ko'nikib ketadigan futbolchi deb o'ylayman. Arturda Kataloniya klubining DNKsi, texnika, iqtidor bor.

Qolgani uning o'ziga bog'liq" - deydi Xavi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal