Xavi Osiyo Kubogidan oldin qanday taxmin qilgani yodingizdami?

Narzulla Saydullayev
29 yanv 2019, 13:57
"Al Sadd" klubi a'zosi Xavi Ernandes Osiyo Kubogi oldidan o'z taxminlarini bildirgan edi.

Ispaniyalik futbolchining 1 yanvar kuni bildirgan taxmini quyidagicha edi:

O'zbekiston terma jamoasi o'z guruhida 2-o'rinni egallaydi. Avstraliya ham o'z guruhida Suriyadan keyin 2-o'rinni egallaydi va O'zbekiston bilan 1/8 finalda to'qnash keladi.

Bu o'yinda Avstraliya g'alaba qozonadi.

Uning taxminiga ko'ra finalga Yaponiya va Qatar yetib boradi. Hal qiluvchi bahsda Qatar g'olib bo'ladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia