Xavi: "Neymar "Barselona"ni tark etishini hech kim taxmin qila olmas edi"

Aslanov Jasurbek
12 avg 2017, 21:47
"Barselona" sobiq yarim himoyachisi Xavi Neymarning PSJga o'tishi haqida fikr bildirdi.

"Neymar o'z qarorini qabul qildi, uni hurmat qilishimiz kerak. Bu uning tanlovi. Bugun futbolda o'yinchilar o'zi istagan klubga o'tmoqda. Biroq hech kim Neymar "Barselona"ni tark etishini oldindan aytib bera olmasdi. Futbolchi bunday klubda qolmasligi juda g'alati. Luish Figu "Barsa"dan "Real"ga o'tganiga 17 yil bo'ldi. Neymar voqeasi kabi, o'shanda qaror Figuniki edi.

Bu qanday bo'lganini bilmayman. OAVda bu transferning bir necha versiyalari bor. "Barselona"ning xafa bo'lgan muxlislarini tushunaman, chunki Neymar hech qanday tushuntirish bermadi. U "Barselona"ni matubot-anjumanisiz tark etdi.

Ko'ramiz, Neymar PSJga nima bera olar ekan. "Barselona" shartnomadagi tovon puli kimdirlar tomonidan ishlatilishini kutmagan edi. Endi Kataloniya klubi bitimlardagi shartlarga e'tibor berishi kerak" - deydi Xavi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Le Parisien