Xavi Messining "Barselona"ga qaytishi haqida: "Bu juda ko'p narsalarga bog'liq"

Mirjalol Normatov
23 may 2023, 21:59
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi PSJda faoliyat olib borayotgan Leo Messining jamoaga qaytishi haqida gapirdi.

Messining parijliklar bilan shartnomasi yozda yakuniga etadi va u buni uzaytirmaydi. Ayni damda uning navbatdagi jamoasi bo'lishi uchun "Barselona"dan tashqari, "Al Hilol" ham kurash olib bormoqda.

"Bu juda ko'p narsalarga bog'liq. Boshqa nimadir deyishim juda qiyin.

U ajoyib futbolchi. Leo bilan yaqin do'stman. Ko'ramiz, buni amalga oshirib bo'larmikin. Shuningdek, bu Leoning xohishiga ham bog'liq", - dedi Xavi

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal