Breaking News! Xavi mavsum so'nggida "Barselona"dan ketishini e'lon qildi

Alisher
28 yanv 2024, 02:25
Xavi mavsum so'nggida "Barselona" bosh murabbiyligidan ketishini ma'lum qildi.

Ispan mutaxassis La Liga 22-tur doirasidagi "Vilyarreal" (3:5)ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng buni ma'lum qildi.

"30 iyun kuni "Barselona" bosh murabbiyligidan ketishimni e'lon qilmoqchi edim. Bu qarorni prezident Rafa Yusta bilan birgalikda qabul qildik.

Vaziyat o'zgarishni talab etadi, men esa klub muxlisi sifatida bunday davom etishi mumkinmas deb hisoblayman.

Klubning dinamikasida o'zgarish kerak deb o'ylayman. Bu o'yinchilar foydasiga, ular ochilib ketadi deb ishonaman", – deydi Xavi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia