Xavi mag'lubiyatdan so'ng: "Barsa"da La Liga va Yevropa ligasi bor"

Aziz Tukhtamuradov
21 yanv 2022, 08:10
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi "Atletik"ka qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Ular ishtiyoq evaziga bizni mag'lub etishdi. Bizda La Liga va Yevropa ligasi qoldi. Bunday zarbadan so'ng o'zimizga kelib olishimiz kerak. Qabul qilish qiyin, lekin keyingi o'yin haqida ham o'ylashimiz lozim.

Dembele bilan bog'liq vaziyat bizga ta’sir qildi deb o'ylamayman - bu klubning ishi. 

Ertaga Fatining ahvolini bilib olamiz. Umuman, o'yinda butun jamoa aziyat chekdi. 

Alba bilan bog'liq vaziyatdagi penalti? Bilmayman. Hakamlarning ishini baxolamayman", - dedi murabbiy. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca