Xavi LaLiga jamoasiga murabbiylik qilishi mumkin

Mirjalol Normatov
5 may 2019, 13:42
"Barselona" afsonasi, "Al Sadd" futbolchisi Xavi Ernandes LaLiga jamoasini boshqarishi mumkin.

"sport.es" xabariga ko'ra, 39 yoshli ispaniyalik mavsum yakunlanganidan keyin futbolchilik faoliyatini yakunlaydi. Yangi mavsum avvalida esa u "Betis" boshqaruvini qabul qilib oladi. Ayni damda jamoa Ispaniya chempionatining 12-pog'onasini egallab turibdi.

"Betis"ning hozirgi murabbiyi Kike Seten esa ushbu mavsumdan keyin iste'foga chiqadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: sport.es