Xavi Dembeleni "Barsa"dagi loyihasidagi eng muhim o'yinchilardan deb hisoblaydi. Francuz murabbiyning bu qo'llab-quvvatlov so'zlaridan mamnun

Alisher
18 noya 2021, 17:38
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi vinger Usmon Dembeleni yuqori baholaydi.

Kataloniyaliklarning yangi murabbiyi francuzga o'z loyihasidagi muhim o'yinchilardan biri sifatida qaramoqda.

Xavi yaqinda Dembeleni qo'llab-quvvatladi va u bilan shartnomani uzaytirish klubning maqsadlaridan ekanligini aytdi. 24 yoshli futbolchining atrofidagi insonlar qayd etishicha, Usmon qo'llab-quvvatlov so'zlaridan mamnun, u bu so'zlarni "Barsa" murabbiylaridan anchadan beri kutgan.

Dembele noyabr boshida joriy mavsum uchun "ko'k-anorranglilar" safidagi ilk o'yinini o'tkazdi. Jamoa Kievning "Dinamo"sini 1:0 hisobida taslim etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: As