Xavi: "Chempionlar ligasiga qaytish uchun Yevropa ligasida g'alaba qozonishga harakat qilishimiz lozim"

Sherzod Nurmatov
14 dek 2021, 20:44
"Barselona" jamoasi ustozi Xavi Yevropa ligasining 1/16 final bosqichiga tashlangan qur'a natijalari haqida gapirdi.

Eslatib o'tamiz, kataloniyaliklar Chempionlar ligasi guruh bosqichida "Bavariya" va "Benfika"dan ortda qolib, uchinchi o'rinni egalladi. Shu tariqa, “Barselona” o'z yurishini Yevropa ligasida davom ettiradi, uning 1/16 finaldagi raqibi Italiyaning "Napoli" klubi bo'ladi.

“Omadimiz kelmadi. Biz eng yuqori saviyada kurash olib borishimiz kerak, chunki "Napoli" Chempionlar ligasi darajasidagi raqib. Ammo oldinda hali ikki oy bor va umid qilamanki, "Barsa" hozirgidan yaxshiroq o'ynaydi. Achinarli haqiqat shundaki, biz Chempionlar ligasiga qaytish uchun Yevropa ligasida g'alaba qozonishga harakat qilishimiz lozim", – dedi Xavi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Tuttomercatoweb