Xavi "Barselona"ni tark etishini e'lon qilganidan beri jamoa mag'lubiyatga uchramadi

Оқил Абдубарноев
12 apr 2024, 01:17
Xavi Ernandes "Barselona"dan ketishini e'lon qilganidan beri jamoa mag'lubiyatga uchramadi.

"Ko'k-anorranglilar" yaqinda Chempionlar ligasi 1/4 final bosqichining ilk o'yinida Fransiyaning PSJ klubini 3:2 hisobida mag'lub etdi.

Kataloniyaliklarning so'nggi mag'lubiyatini 27 yanvar kuni qabul qilib olgandi. Shu kuni Xavi shogirdlari Ispaniya chempionati doirasida “Vilyarreal”ga 3:5 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng 44 yoshli mutaxassis mavsum yakunida klubni tark etishini ma'lum qildi. “Barselona” shundan buyon 12 o'yinda 9 g'alaba va 3 durang qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia