Xavi "Barselona"ga mos tushadigan futbolchini aytdi

Mirjalol Normatov
17 yanv 2019, 18:15
"Barselona"ning afsonaviy futbolchilaridan biri Xavi "ko'k-anorranglilar"ga mos tushadigan o'yinchi nomini aytdi.

"Kimmix - "Bavariya" va Germaniya termasining haqiqiy kelajagi. Haqiqatdan ham u istalgan poziciyada o'ynay oladi. Joshua "Barselona"ning ideal o'yinchisi bo'la olardi", - dedi Xavi.

Bu mavsumda 23 yoshli Kimmix "Bavariya" tarkibida 26 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi va 10 golga assistentlik qildi. Uning "Bavariya" bilan shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild